date

Indoneziyada qo‘l izlari va odam tasvirlari eng qadimgi namuna bo‘lib chiqdi

Indoneziyada qo‘l izlari va odam tasvirlari eng qadimgi namuna bo‘lib chiqdi

Indoneziyada fan uchun nihoyatda muhim bo‘lgan eng qadimiy qoya tosh suratlari aniqlangani ma’lum qilindi. Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bu topilmalar qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qaysi yo‘nalishlarda va qanday tarqalgani haqida yangi ishoralar beradi. Avvalroq olimlar Sulavesining janubi hamda Borneoning sharqidagi g‘or rasmlarini eng qadimgi namunalar deb kelishgan.

Ta’kidlanishicha, Sulavesi orolining janubi-sharqiy qismi ilgari yetarlicha o‘rganilmagan hudud hisoblangan. Avstraliyaning Brisben universiteti olimlari Maksim Obert boshchiligida aynan shu mintaqada 14 ta yangi arxeologik yodgorlikni qayd etdi. Yangi tasvirlar Muna orolidagi karst g‘orlarida topilib, ular orasida bo‘yalgan qo‘l izlari hamda odamlar tasvirlari ham bor.

Rasmlarning yoshini aniqlash uchun mutaxassislar tasvirlarni qisman qoplab ulgurgan minerallarni radioizotop tahlilidan o‘tkazdi. Natijalar suratlarning eng kam yoshi 67 800 yil ekanini ko‘rsatdi. Bu esa ularni hozirgacha ilmga ma’lum bo‘lgan, inson qo‘li bilan yaratilgan eng qadimiy tasvirlar qatoriga olib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada qo‘l izlari va odam tasvirlari eng qadimgi namuna bo‘lib chiqdi