AQSh Arktikada kuchayish uchun Grenlandiyani ko‘zlayaptimi?

The Daily Mail xabariga ko‘ra, Donald Tramp Grenlandiya aholisi orolning AQShga qo‘shilishini referendumda ma’qullasa, har bir fuqaroga 1 million dollardan to‘lash g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Gap taxminan 57 ming nafar aholi haqida ketayotgani sabab, bu tashabbus AQSh uchun 57 milliard dollarga (taxminan 712,5 trillion so‘m) tushishi mumkin.
Nashr manbalariga ko‘ra, mazkur reja mintaqada AQShning harbiy ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha muqobil yo‘l sifatida tilga olinmoqda. Ya’ni, masala faqat iqtisodiy taklif bilan cheklanmay, strategik manfaatlar fonida ham baholanmoqda.
Shu bilan birga, Daniya pozitsiyasi o‘zgarmagan: Kopengagen Grenlandiyani topshirish yoki sotish ehtimolini rad etadi va orol maqomiga oid har qanday qaror Daniya roziligini talab qilishini ta’kidlaydi. “Bu sodir bo‘lmaydi. AQSh Grenlandiyaga egalik qilmaydi. Bu — qizil chiziq”, degan Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!