Trampning kichik o'g'li Berron bir qiz hayotini saqlab qoldi

Buyuk Britaniyadagi sud majlisida bir qiz AQSh Prezidenti Donald Trampning kenja o‘g‘li Berron Tramp uning hayotini saqlab qolganini ma’lum qildi, deb Metro xabar berdi. Qizning aytishicha, u Londonda sobiq yigitining hujumi bo‘yicha ko‘rilayotgan ishda Berron Tramp voqeaga guvoh bo‘lib, uni qutqarishda yordam bergan.
Xabarlarga ko‘ra, holat 2025 yil 18 yanvar kuni sodir bo‘lgan. 19 yoshli Berron Tramp jabrlanuvchidan kelgan videoqo‘ng‘iroqqa javob bergan va unda 22 yoshli sobiq yigit — Maksim Rumyantsev qizga zo‘ravonlik qilayotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng u Buyuk Britaniyaning 999 qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni “favqulodda holat” sifatida tasvirlagan va manzilni aytib, tezkor yordam so‘ragan.
Sudda voqea joyiga chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiya xodimlarining bodi-kamera yozuvlari namoyish etilgani ham aytiladi. Kadrlar orasida ofitserlardan birining hamkasbiga “xabar beruvchi Amerikadan, ehtimol Donald Trampning o‘g‘li” degan mazmunda gapirgani eshitilgan. Metro ma’lumotiga ko‘ra, Rumyantsev jabrlanuvchini Berron Trampga rashk qilgani sababli tazyiq qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!