Piskentda Nexia 2 dvigatel qismidan yonib ketdi

21 yanvar kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida Nexia 2 rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 19:45 atrofida D-020 “Qorasuv–Bo‘ka–Bekobod” avtomobil yo‘lining 28 kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi mashinani boshqarib ketayotganda dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan. Shundan so‘ng avtomobil to‘liq alanga olib, kuyib ketgan.
Hodisa oqibatida yo‘l harakati ishtirokchilarining sog‘lig‘iga zarar yetmagani bildirilgan. Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani FVB tomonidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing