date

Sevilya futbolchisi Markao olti o'yinga chetlatildi

Sevilya futbolchisi Markao olti o'yinga chetlatildi
Sevilya himoyachisi Markao Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi intizom qo'mitasidan jiddiy jazoga tortildi. Marca nashrining xabariga ko'ra, Markao "Real"ga qarshi safar uchrashuvida sodir etgan harakatlari uchun olti o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Braziliyalik futbolchi maydondan chetlatilganidan so'ng bosh hakamni qo'pol so'zlar bilan haqorat qilgan. Jazoning eng og'ir qismi aynan hakamga qilingan haqorat va og'zaki hujumlar uchun belgilandi.

Shu sababli Markao to'rt o'yinga chetlatildi. Qolgan ikki o'yinlik diskvalifikatsiya esa ikki sariq kartochka va sportga zid xatti-harakatlari uchun berildi.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" safarda "Real"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya futbolchisi Markao olti o'yinga chetlatildi