date

O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh fazoga uchiriladi

O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh fazoga uchiriladi
Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish ishlari boshlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida ma’lum qildi. Loyihaning maqsadi mamlakatimiz ilmiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishdir.

2030-yilga borib IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta superkompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyalari ishga tushiriladi. Bu loyihalar tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya va jamoat xavfsizligi sohalarida sun’iy intellektni joriy etishga xizmat qiladi.

Bugun minglab iqtidorli yoshlar IT va sun’iy intellekt sohalarida izlanish olib bormoqda. Ularning dron va robototexnika yo‘nalishlaridagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil qilinadi. Bu markaz yosh mutaxassislar va iqtidorli olimlarni tayyorlashga yordam beradi.

Shuningdek, “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi bilan hamkorlikda uchiriladi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish hamda universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh fazoga uchiriladi