
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo bir oz beqaror bo‘ladi. 27 dekabr, shanba kuni respublika hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin.
Yakshanba kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ladi, qolgan hududlarda esa quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati shanba kuni 7–12 daraja iliq, yakshanba kuni 10–13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechalari 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Toshkentda shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni esa kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Qisqasi, dam olish kunlari iliq o‘tadi, ammo ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.