Toshkentda The Best Show nomli yangi yil konserti bo'lib o'tadi

Toshkentda yangi yil bayram tadbirlari davom etmoqda. Poytaxt hokimiyati ma'lumotiga ko'ra, shahar aholisi va mehmonlari uchun The Best Show konserti tashkil etiladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Konsert 7 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida soat 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Sahna dasturida «Sahar» guruhi, Umidahon, Sherzodbek Ortikov, Uktam Kamalov, Sitorahon hamda Jahongir Namozov chiqish qiladi.
Kechani olib boruvchi boshlovchi sifatida, shu bilan birga ijrochi sifatida ham Mahmudjon Bahtiyorov ishtirok etishi qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval poytaxtda bir nechta Qorbobo paradi o'tkazilgan. Unda O'zbekiston Milliy gvardiyasi orkestri musiqachilari Qorbobo obrazida ishtirok etib, tadbir shahar bo'ylab bir nechta manzillarni qamrab olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!