Prezident nabirasi bo‘lish oson emas: Kay Tramp shikoyati

1 daqiqa o'qish498
Prezident nabirasi bo‘lish oson emas: Kay Tramp shikoyati
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH prezidenti Donald Trampning 18 yoshli nabirasi Kay Tramp shaxsiy hayotida Maxfiy xizmat xodimlari doimiy hamroh bo'lishi noqulaylik tug'dirayotganini aytdi.
  • Uchrashuvlar va do'stlari bilan vaqt o'tkazishda agentlarning yaqinida bo'lishi kayfiyatni buzishini ta'kidladi.
  • Kay 2024 yili bobosi prezidentlikka saylangach, qo'riqchilarni go'yo yo'qdek qabul qilishga majbur bo'lganini bildirdi.

Prezident nabirasi bo‘lish oson emas: Kay Tramp shikoyati

AQSH prezidenti Donald Trampning 18 yoshli nabirasi Kay Tramp shaxsiy hayotidagi eng katta “qiyinchilik”lardan biri haqida ochiq gapirdi — uning orqasidan doim Maxfiy xizmat xodimlari yurishi.
Kay bu haqda 76 million obunachiga ega influyenser Logan Polning Impaulsive podkastida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, maxfiy xizmat hayotiga kirib kelganidan keyin hamma narsa keskin o‘zgargan: oddiy vaziyatlar ham g‘alati ko‘rinish ola boshlagan.
“Bu juda og‘ir. Do‘stlaring bilan, bir guruh qizlar bilan o‘tirsang, taxminan bir metr orqangda ulkan bir erkak tursa — kayfiyat avtomatik ravishda o‘zgaradi”, deydi u.
Kayning ta’kidlashicha, uchrashuv paytida ham bu holat ayniqsa noqulay: agentlar “kayfiyatni buzuvchi omil”ga aylanib qoladi. “Ochig‘ini aytsam, bir yigit bilan uchrashuvda bo‘lib, u sendan ikki stol narida o‘tirsa — bu haqiqatan ham g‘alati”, deydi u.
Kay 2024 yili bobosi prezidentlikka saylangandan keyin “diqqatni jamlab, qo‘riqchilarni go‘yo yo‘qdek qabul qilish”ga majbur bo‘lganini aytdi. Ya’ni, oddiy yoshlik — rasman bor, amalda esa doim kuzatuvda.
Qizig‘i, Kayning bu muammosi faqat ungagina tegishli emas. Uning amakisi Barron Tramp ham uchrashuvlarda xuddi shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani aytiladi. Page Six tabloidiga ko‘ra, Barron uchrashuvga chiqishi uchun Trump Tower binosining butun bir qavati tekshirib chiqilgan.
Kay esa hozircha oila qurish haqida o‘ylamayotganini ochiq aytgan. Uning gapiga ko‘ra, onasi Vanessa Tramp doim bir narsani uqtiradi: avval karera, keyin qolgani. Kay ham shu yo‘lni tanlab, avvalo golfda o‘zini ko‘rsatish, turnirlarda g‘alaba qozonishni maqsad qilgan.
Qisqasi, “prezident nabirasi” degan maqom tashqi tomondan chiroyli tuyulishi mumkin, lekin ichkaridan qaraganda bu — oddiy hayotga doimiy cheklov. Yoshlik kayfi esa… qo‘riqchilar bilan birga “propusk” orqali kiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?