Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi va milliy xavfsizlik konsepsiyasini yangilaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Mudofaa doktrinasi hamda Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidladi.
Davlat rahbariga koʻra, amaldagi hujjatlar zamon talabidan ortda qolgan: Mudofaa doktrinasi sakkiz yil avval qabul qilingan, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi esa 1997 yilga borib taqaladi. Hozirgi tahdidlar tez oʻzgarayotgani esa yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda.
Yangi Mudofaa doktrinasi Oʻzbekistonning bloklarga qoʻshilmaslik maqomini saqlab qolishi, koʻp tomonlama diplomatiyaga tayanishi, shuningdek, yuqori texnologiyalar, harbiy mustaqillik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga yoʻnaltirilishi kerak. Prezidentning qayd etishicha, mazkur doktrina armiyani texnologik yangilash va ilgʻor harbiy yechimlarni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!