Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikat olish uchun yana muddat berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, xorijiy til darslarini beradigan o‘qituvchilarga kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat olish uchun muddat 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishigacha uzaytirildi.
2021-yilda hukumat qarori bilan maktablardagi xorijiy til o‘qituvchilari sertifikatga ega bo‘lishi shartligi belgilangan va ularga sertifikat olish uchun dastlab 3 yil muddat berilgan edi. Shu bilan birga, sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar qo‘shimcha ustama bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
2024-yil va 2025-yillarda ham ko‘plab o‘qituvchilar sertifikat olmaganligi sababli e’tiroz bildirdi. Shu munosabat bilan hukumat muddatni bir necha bor uzaytirib, oxirgi qarorga ko‘ra, o‘qituvchilar sertifikat olish uchun 2026-yil sentyabrga qadar imkoniyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, 2021-yildan boshlab maktablardagi xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikat olish uchun jami 5 yil muddatga ega bo‘ladi. Vazirlik o‘qituvchilarning tayyorgarlik ko‘rishi va sertifikat olish imkoniyatlaridan foydalanishini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!