Avval xabar berilganidek, tahririyat O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Vazirning tahririyat jurnalisti bilan suhbatda aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi kamchiliklarni ochib, xalq ta’limi tizimidan maktabgacha ta’lim tizimini alohida vazirlik sifatida ajratib chiqish kerakligi, ya’ni, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish kerakligi, respublikadagi 5 mingta bog‘chalarni rivojlantirish lozimligi masalasini qo‘ygan.
“OAVda ta’lim tizimida 2 ta vazirlik kimga kerak, degan savol tug‘ilgan edi. Bizning boshqaruv tuzilmamizdan olib ko‘radigan bo‘lsa, Xalq ta’lim vazirligi – bu juda keng ko‘lamga ega vazirlik. Tizimda 775 ming xodim faoliyat yuritadi. Bu tizimni boshqarishni mushkulligini barcha ko‘z oldiga keltira olsa kerak. Ana shu nuqtai nazardan prezidentimiz bu alohida vazirlik bo‘lishi kerak, maktabgacha ta’lim tizimi uchun alohida e’tibor qaratishimiz lozim, degan masalani qo‘ydilar”, - deydi vazir.
Uning aytishicha, Prezident bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorligi tanqidiy tahlil qilingan. Qayd etilishicha, bu yildan boshlab maktabning 10-sinflarida ta’lim yana davom ettiriladi. Bu yil respublika bo‘ylab 9-sinflarni 467 ming o‘quvchi bitirib chiqqan bo‘lib, ulardan 352 ming nafari 10-sinflarda o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqotning to‘liq shakli tez orada saytda taqdim etiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi