O‘zbekistonda 1 sentyabr — Qurbon Hayiti nishonlanadigan kun dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 24 avgust kuni imzoladi. Qaror matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
«Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maksadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentyabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017 yil 1 sentyabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.
Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.
Manba: kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi