O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayadi

Meteorologlar joriy hafta oxirida O‘zbekistonda havo harorati pasayishini prognoz qilishmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida 15-17 oktyabr kunlarida harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
18 oktyabr kuni esa harorat keskin pasayib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 darajani tashkil etadi.
Hafta davomida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi.
18 oktyabr kuni respublikaning tog‘li hududlarida -3 darajagacha sovuq harorat kuzatilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing