O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekkan.
«Kun.uz» manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, tashkilot nomi o‘zgargan va Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan.
Ushbu hujjat qabul qilingani haqida yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2017 yilning 22 dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini tanqid qilgan va bu sohada olib boriladigan bo‘lajak islohotlar haqida gapirgandi.
Bundan avvalroq, 2018 yilgi Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqilishi, loyihada davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari, milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari, sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?