
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining ushbu mavsumdagi murakkab o'yin taqvimi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Arteta Angliya Liga Kubogidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin sanasidan norozi.
Ushbu uchrashuv 23-dekabr kuni bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvdan ikki kun oldin "kanonirlar" "Everton"ga qarshi maydonga tushadi, 27-dekabr kuni esa "Brayton" bilan bellashadi.
"Bizda hozir yetti nafar futbolchi jarohat olgan. Tarkibimizning chuqurligi haqida gapirish qiyin.
Juda ko'p futbolchilarimizni yo'qotganmiz. Agar har uch kunda o'yin o'tkazishda davom etadigan bo'lsak...
Biz hurmatni xohlaymiz", - dedi Arteta Sky Sports nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Angliya chempionatining dastlabki 10 turidan so'ng 25 ochko to'plab, musobaqa jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.