
Yulduzli hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik futbolchi jamoaning soʻnggi yillardagi oʻyinlarini kuzatish unga ogʻir ekanligini tan oldi.
"Ularning tarkibida yaxshi futbolchilar bor, lekin ayrimlari hatto "Manchester Yunayted" nima ekanligini ham bilishmaydi. Bu juda achinarli, chunki bu klub dunyoning eng muhim jamoalaridan biri hisoblanadi va u mening yuragimda alohida oʻrin tutadi.
Oldinga intilish uchun kelajak uchun poydevor yaratadigan aqlli odamlarga ehtiyoj bor – xuddi "Manchester Yunayted" koʻp yillar avval qilganidek. Niki Batt, Gari Nevill, Roy Kin, Devid Bekxem – ularning barchasi buyuk futbolchiga aylanishdi, lekin faoliyatlarini yoshlar jamoasidan boshlashgan.
Bugungi kunda "Manchester Yunayted"da bunday tizim yoʻq. Umid qilamanki, bu oʻzgaradi, chunki klubda ulkan salohiyat bor.
Bu XXI asrning eng yirik klublaridan biridir", – dedi Ronaldu jurnalist Pirs Morganning dasturida. Qayd etish joiz, "Manchester Yunayted" hozirgi paytda Angliya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.
Krishtianu Ronaldu ushbu klub safida faoliyatining ikki davrini oʻtkazgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing