date

Chempionlar Ligasida sensatsiya: «Real» va PSJ mag‘lub etildi

Chempionlar Ligasida sensatsiya: «Real» va PSJ mag‘lub etildi

Yevropa Chempionlar Ligasining 4-tur bahslari juda keskin va dramatik tarzda o‘tdi. Kecha bo‘lib o‘tgan markaziy o‘yinlarda kuchli klublar o‘zaro to‘qnash keldi, ayrim bahslar esa muxlislar xotirasida uzoq saqlanadigan natijalar bilan yakunlandi.

“Enfild”dagi kecha Angliya va Ispaniyaning ikki futbol gegemoni to‘qnashuviga aylandi. “Liverpul” o‘z uyida Madridning “Real”ini qabul qildi va muxlislar shovqin-suroni ostida maydonda haqiqiy sinov bahsini namoyish etdi. Bellashuvda yagona golni Makallister urib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. Bu natija orqali mersisaydliklar turdagi eng muhim uch ochkoga ega bo‘lishdi.

O‘yin davomida “Liverpul” darvozaboni Mamaradashvili bir necha qutqaruvi bilan jamoasini saqlab qoldi, Van Deyk va Konate esa himoyada temirdek ishonch bilan harakat qilishdi. “Real” safida esa Vinisius va Mbappe bir necha xavfli hujumlar uyushtirishga urindi, ammo Makallisterning 61-daqiqadagi zarbasi bahs taqdirini belgilab berdi.

Liverpul — Real 1:0

Gol: Makallister 61

Liverpul — Mamaradashvili, Van Deyk, Konate, Virts (Kiyeza, 88), Soboslai, Makallister (Jons, 78), Saloh, Bredli, Ekitike (Gakpo, 79), Robertson (Kerkez, 88), Gravenberh

Real — Kurtua, Militao, Heysen, Valverde (Dias, 90), Karreres, Chuameni, Kamavinga (Rodrigo, 69), Guler (Trent, 81), Bellinghem, Vinisius, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Makallister 52 – Vinisius 23, Heysen 45+1, Bellinghem 60, Karreras 90+5, Alonso 90+6

Shu kecha Parijda ham juda shiddatli to‘qnashuv bo‘ldi. Amaldagi chempion “PSJ” o‘z uyida “Bavariya”ni qabul qildi. Hozirgi mavsumning eng ko‘p muhokama qilinayotgan o‘yinchilaridan biri Luis Dias birinchi bo‘limdayoq dubl qayd etib, myunxenliklarni ilgarilab ketishini ta’minladi. Biroq u tanaffus oldidan qo‘pol harakati sabab maydondan chetlatildi va “Bavariya” ikkinchi bo‘limni o‘n kishi bilan o‘tkazdi. Shuning o‘zi “PSJ”ga imkoniyat yaratdi, ammo parijliklar faqat bitta gol urgan holda mag‘lubiyatdan qutulisholmadi — 1:2.

PSJ — Bavariya 1:2

Gollar: Nevesh 74 – Dias 4, 32

PSJ — Shevale, Hakimi (Mayulu, 45+7), Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Fabian Ruis (Nevesh, 66), Vitinya, Barkolya (Ramush, 66), Xvicha, Dembele (Li Kang In, 25)

Bavariya — Noyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Gnabri (Bishof, 46), Olise, Pavlovich, Stanishich, Laymer, Dias, Keyn (Goretska, 88)

Ogohlantirishlar: Mendesh 84 - Bishof 47, Noyer 49, Stanishich 84

Chetlatish: Dias 45+7

Turinda esa “Yuventus” muxlislarini so‘nggi daqiqagacha hayajonda ushlab turdi. Vlahovich 34-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, “Sporting” safida Arauxo 12-daqiqadayoq gol urgan edi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi va ikki jamoa uchun ham imkoniyatlar saqlanib qoldi.

Yuventus – Sporting 1:1

Gollar: Vlahovich 34 – Arauxo 12

Yuventus — Di Gregorio, Kalulu, Gatti, Kambiyazo, Makkenni, Kopmeyners, Lokatelli (Miretti, 83), Tyuram (Kostich, 72), Konseysau, Yildiz (David, 87), Vlahovich (Adzich, 83)

Sporting — Cilva, Vagiannidis (Kuarejma, 67), Diomande, Inasiu, Arauxo, Yulman, Simoyes (Morita, 82) Kenda, Trinkan, Gonsalvesh (Alisson Santos, 82), Ioannidis (Suares, 72)

Ogohlantirishlar: Tyuram 24, Kambiyazo 27 - Gonsalvesh 33, Arauxo 61, Yulman 73

Madridning ikkinchi jamoasi — “Atletiko” o‘z maydonida “Yunion”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Alvares, Gallaxer va Llorentening gollari “matraschilar”ga ishonchli g‘alaba keltirdi.

Atletiko — Yunion 3:1

Gollar: Alvares 39, Gallaher 72, Llorente 90+6 – Sayks 80

Atletiko — Oblak, Molina, Le Norman (Ximenes, 26), Hansko, Rujjeri, Simeone (Llorente, 88), Barrios, Koke (Almada, 62), Baena (Gallaher, 62), Alvares, Grizmann (Syorlot, 62).

Yunion — Sxerpen, Xalaili (Patris, 85), Makallister, Berdjess, Sayks, Zorgan, van de Perre (Rasmussen, 74), Shufs, Niang, Ait Al Haj (Boufal, 74), Rodriges (Jijer, 74)

Londonning “Tottenhem” klubi ham muxlislariga shodlik ulashdi — “Kopenhagen”ni 4:0 hisobida taslim etishdi. Jonson va Odoberning samarali o‘yini jamoaga eng yirik g‘alabalardan birini olib keldi.

Tottenhem — Kopenhagen 4:0

Gollar: Jonson 19, Odober 51, van de Ven 64, Paliniya 67

Tottenhem — Vikario, Porro, Romero (Danso, 73), van ve Ven, Udodji (Spens, 73), Bentankur, Sarr, Jonson, Simons (Paliniya, 61), Odober, Kolo Muani (Risharlison, 73)

Kopenhagen — Kotarski, Cudzuki, Pereyra, Xatzidiakos, Lopes, Larsson (Dadason, 46), Lerager, Klam, Ashuri (Robert, 76), Mukuko (Klayesson, 72), Muhammad El-Yunussi (Kornelius, 72).

Foydanilmagan penalti: Risharilson 90+2

Chetlatish: Jonson 61

Gretsiyada “Olimpiakos” va “PSV” bahsi 1:1 hisobida yakunlandi, gollar Martins va Pepi hisobidan urildi.

Olimpiakos — PSV 1:1

Gollar: Martins 17 - Pepi 90+3

Olimpiakos — Tzolakis, Rodine, Retsos, Pirola, Ortega, Muzakitis, Garsiya (Nasimento, 63), Martins, Shikinyu (Toremiy, 73), Podense (Koshtinya, 83), Al-Kaabi (Skipioni, 83)

PSV — Kovarj, Dest, Sxauten, Gaserovski, Salax-Eddin (Vanner, 67), Saybari (Bad-u, 84) Mauro Junior, Man, Verman, Til (Pepi, 58), Perishich.

Shu bilan birga, Norvegiyadagi “Budyo-Glimt” — “Monako” uchrashuvi ham kutilganidek jangovor ruhda o‘tdi va mehmonlar safida Balogunning goli farqni belgilab berdi — 0:1.

Budyo-Glimt — Monako 0:1

Gol: Balogun 43

Budyo-Glimt — Xaykin, Cevold, Moy, Bertuft, Berkan (Maatta, 86), Even, Berg, Fet (Blomberg, 73), Euklenn, Xauge (Nilsen, 86), Heg (Xelmersen, 73).

Monako — Ken, Kerer, Salisu, Kayo, Teze, Golovin, Kulibali, Uttara, Akliush, Minamino (Kabral, 63), Balogun.

Umuman olganda, Chempionlar Ligasining bu turi tom ma’noda sensatsiyalar va jangovor muhitga boy kechdi. Har bir o‘yinda intizom, texnika va xarakter hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Endilikda muxlislar 5-tur bahslarini sabrsizlik bilan kuta boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasida sensatsiya: «Real» va PSJ mag‘lub etildi