Sent-Endryus universiteti (Buyuk Britaniya) katta ilmiy xodimi Matteo Fumagalli joriy yil 26–27-mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini mintaqada o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish yo‘lida tashlangan muhim qadam, deya baholadi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Shotlandiya oliy o‘quv yurtining vakili mazkur xalqaro konferensiyani sharhlar ekan, Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu tadbir O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro rolini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyodagi xavfsizlikka o‘z hissasini qo‘shish asnosida yaqin qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan O‘zbekiston hozirgi rahbariyatining intilishlarini namoyon etishini alohida ta’kidladi.
Tinch va osoyishta Afg‘oniston strategik va iqtisodiy nuqtai nazardan O‘zbekistonning o‘rni yanada ahamiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi, — dedi u. — Toshkentning barqarorlik, xavfsizlik va izchil rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol va tashabbuskor siyosat yuritayotgani butun mintaqa farovonligiga xizmat qiladi. Darhaqiqat, tinchlik yo‘lidagi bunday sa’y-harakatlar davlatlararo va transchegara savdo-sotiq, transport, energetika va suv infratuzilmalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan uzoq kuttirmasdan o‘zining ijobiy samaralarini beradi.
Britaniyalik ekspertning fikr bildirishicha, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun lozim darajada vaqt va va sa’y-harakatlar kerak bo‘ladi. Bu ayniqsa, Afg‘onistonga tegishlidir. Chunki bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar o‘rtasida yarashuvga erishish yuzasidan ilgari ham urinishlar bo‘lgan, biroq ular hali o‘z natijalarini bergani yo‘q. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish nuqtai nazaridan O‘zbekiston ko‘zlagan maqsadga erishish uchun vaqt, doimiy e’tibor va eng muhimi, moddiy hamda insoniy resurslar talab etiladi.
— Umuman olganda, Toshkent konferensiyasi yangi tashqi siyosatning O‘zbekiston, uning xalqi va qo‘shni mamlakatlar uchun ulkan imkoniyatlar ochib berayotganini namoyon etdi, — dedi britaniyalik olim. — Mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari faollashgani tufayli katta g‘ayrat va ishtiyoq kuzatilmoqda.
O‘zini mintaqadagi o‘zaro hamkorlikni hamda iqtisodiy va xavfsizlik bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar hal qilinishi uchun yutqiziqsiz qarorlar qidirishni ta’minlayotgan muhim mintaqaviy markaz sifatida namoyon etayotgan O‘zbekistonning faolligidan Markaziy Osiyo yutadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi