
Milan "Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning soʻnggi uch uchrashuvda gol ura olmagani boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi. "Martines bir hafta davomida gol urgan emas, bu borada muammo yaratmaslik kerak.
Doimiy oʻyin koʻrsatish oson emas. Lautaro bizning yetakchimiz.
Uning bir haftalik gol ura olmasligi fojia emas", – deydi Kivu FCInter1908 nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 28 yoshli Lautaro Martines 10 ta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki marta assistentlik qildi.
"Neradzurri" jamoasi esa 10 turdan keyin chempionat jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar