“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni xavfli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 3-noyabr kuni Surxondaryo viloyati hamda respublikaning ayrim tog‘li hududlarida shamol kuchayishi haqida ogohlantirish e’lon qildi.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida shamol tezligi soatiga 13–18 metrgacha yetishi, ayrim mintaqalarda esa chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
“Hudud aholisi va mehmonlari kuchli shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishlari, ochiq havoda uzoq qolmasliklari kerak”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar shuningdek, ochiq joylarda faoliyatni qisqartirish va tashqariga chiqqanda niqob taqishni tavsiya etmoqda.
Kuchli shamol va chang-to‘zonlar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi, nafas olish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…