
O'zbekistonliklar joriy yilning to'qqiz oyida quyosh panellari o'rnatgani uchun 153,6 milliard so'm subsidiya olishdi, deb xabar berdi Soliq qo'mitasi. Mablag' davlat byudjetidan ajratildi.
Oktyabr oyi boshiga kelib, eng ko'p subsidiya Xorazm viloyati aholisi tomonidan olingan — 42,6 milliard so'm. Qoraqalpog'iston esa 22,4 milliard so'm, Buxoro viloyati esa 15,3 milliard so'm subsidiya olgan.
Qo'mitaning ma'lumotiga ko'ra, Toshkent shahrida ushbu raqam 10,7 milliard so'mni, poytaxt viloyatida esa 8,2 milliard so'mni tashkil etgan. Eslatib o'tamiz, 2023 yil aprel oyidan boshlab quyosh panelli xonadon egalari belgilangan me'yordan ortiq ishlab chiqarilgan har bir kVt⋅s energiya uchun byudjetdan ming so'mdan olish imkoniga ega bo'lishdi.
Subsidiya olgan fuqarolar Soliq mobil ilovasi (Android/iOS) orqali «Quyoshli uy» bo'limida «Kartaga o'tkazish» funksiyasi yordamida mablag'ni kartalariga o'tkazishlari mumkin.
Quyosh panellari uchun 153,6 mlrd subsidiya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar