09:27 / 04.04.2018
5 091

O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirish uchun kredit va subsidiyalar joriy etiladi

O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirish uchun kredit va subsidiyalar joriy etiladi
Prezidentning “Aholi bandligini ta’minlashga doir ishlar samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi, deb yozadi Norma.

Hujjatda ishsizlikka barham berish uchun qator mexanizmlarni joriy etish, xususan ushbu maqsadlarga qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish taklif qilingan.

Birinchidan, YAIT summasini 0,1 foizdan 1 foizgacha (ya’ni 10 baravar) taqsimlash natijasida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga kelib tushayotgan mablag‘lar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda.

Ikkinchidan, yangi ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantiruvchi mintaqaviy jamg‘armalar tashkil etiladi. Daromadlar qismida ular barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Ular quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognoz parametrlari ortig‘i bilan bajarilishidan kamida 40% miqdoridagi choraklik tushumlar;
  • pul-buyum lotereyalarini tashkillashtirish va o‘tkazishdan daromadlar;
  • mablag‘lar vaqtincha yetmagan hollarda respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga qisqa muddatli byudjet ssudalari;
  • boshqa taqiqlanmagan manbalar.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Mintaqaviy jamg‘armalar mablag‘lari Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankiga kredit resurslari sifatida beriladi. Ular, o‘z navbatida, aholining bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar berish maqsadida ushbu mablag‘lardan foydalanadi.

Mikrokreditlar kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, oilaviy korxonalar, YATT, hunarmandlar va ularning shogirdlari, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida band bo‘lgan jismoniy shaxslar va o‘z ishini ochgan aholining boshqa toifalariga EKIHning 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda beriladi.

Kredit muddati – 3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, MB qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizlik foiz stavkasi bo‘yicha, shu jumladan ajratilayotgan kredit stavkasidan 50% miqdoridagi tijorat banki marjasini hisobga olgan holda beriladi.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mini-loyihalar amalga oshiriladi:
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, mebel, qurilish materiallari ishlab chiqarish, gazlamalar tayyorlash va bo‘yash, tayyor kiyim-kechaklarni tikish, qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash, boshqa turdagi iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy mini-texnologiyalarni xarid qilish;
  • xizmat ko‘rsatish va servis, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa turdagi talabgir xizmatlar sohasini rivojlantirish;
  • shaxsiy tomorqa (dehqon) xo‘jaliklarini rivojlantirish, shu jumladan yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etish, urug‘liklar, ko‘chatlar, qoramol va parranda, qishloq xo‘jaligi anjomlari va asbob-uskunalarini xarid qilish;
  • milliy hunarmandchilik va kasanachilikni, ayniqsa qishloq hududlaridagi xotin-qizlar orasida rivojlantirish;
  • tumanlar va shaharlarning ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini hisobga olgan holda boshqa yo‘nalishlar.

Uchinchidan, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayollar tadbirkorligi, kasanachiligi va hunarmandchiligi mikromoliyalashtirilishiga kirishish rejalashtirilmoqda (1.05.2018 yildan). Subsidiyalar Tadbirkorlik faoliyati rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga taqdim etiladigan mikrokreditlar bo‘yicha 0,4 gacha foiz stavkasini tashkil etadi.

Ishsizlikni sug‘urtalash
Joriy yilning iyul oyidan boshlab Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsizlikni sug‘urtalash tizimini joriy etish taklif etilmoqda, u subsidiyalashning ikkita shaklini nazarda tutadi.

1) EKIHning 2 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan subsidiyalarni taqdim etish:
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarga. YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida xarajatlarni to‘lash uchun, shuningdek mikrokredit olishda sug‘urta polisi haqini to‘lash xarajatlarini qoplash qismida subsidiyalar nazarda tutiladi;
  • aholining ijtimoiy nochor toifasidan bo‘lgan shaxslarni kvotadan ortiq ishga qabul qilgan korxonalarga, basharti mazkur xodimlar ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oy ishlasalar.

2) ABKM tomonidan yo‘llangan aholining ijtimoiy nochor toifasidan bo‘lgan xodimlarni kasbga o‘qitish va malakasini oshirish uchun ish beruvchilarga EKIHning 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan subsidiyalar taqdim etish.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirish uchun kredit va subsidiyalar joriy etiladi