23:30 / 03.10.2020
3 060

Boshqaruv sifati indikatorlarining navbatdagi nashrida O‘zbekiston ijobiy dinamika qayd etdi

Boshqaruv sifati indikatorlarining navbatdagi nashrida O‘zbekiston ijobiy dinamika qayd etdi
Joriy yilning 25 sentabr kuni Jahon banki tomonidan 2019 yil yakunlariga ko‘ra Boshqaruv sifati indikatorlari (the Worldwide Governance Indicators (WGI) bo‘yicha hisobotini elon qilindi.

Mazkur chop etilgan nashrda jami 214 ta mamlakatda 33 ta mustaqil axborot manbalariga asoslangan holda boshqaruv sifati va samaradorligini global darajada o‘rganishga doir oltita mustaqil indikatorlar doirasida baholandi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha oltita tarkibiy indikator bo‘yicha mamlakatimiz uchun berilgan baholar va o‘rinlar faqat ijobiy tomonga siljiyotgani kuzatiladi.
Boshqaruv sifati indikatorlarida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari

Yuqoridan keltirilgan jadvaldan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyat hayotida qunun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, “Tartibga solish sifati” indikatori bo‘yicha 2 pog‘ona mamlakatimizni “Huquq ustuvorligi” va “Korrupsiyani tiyib turish” indikatorida 3 pog‘onadan o‘sishiga turtki bo‘ldi.

Shu bilan birgalikda ushbu nashrda mamlakatimiz uchun berilgan ko‘rsatkichlar bu sohadagi o‘zgarishlarni yanada jadal ravishda davom ettirish zaruratini ko‘rsatib beradi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Boshqaruv sifati indikatorlarining navbatdagi nashrida O‘zbekiston ijobiy dinamika qayd etdi