Foto: Prezident matbuot xizmati
Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.
Chet el investitsiyalarini keng jalb qilgan holda foydali qazilma konlarini sanoat usulida o‘zlashtirish, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlarini rag‘batlantirish hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
2022 yil 1 yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar ob’ektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi. Bunda:
sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi;
tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 1 yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusini hamda foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonusni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik beriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
a) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish ob’ekti hisoblanmaydi;
b) ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladigan, geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi;
v) geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi quyidagilarga yo‘naltiriladi:
70 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
15 foizi – viloyat mahalliy budjetiga;
15 foizi – tuman (shahar) mahalliy budjetiga. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi