Global bozorda iQOO Z11 smartfoni taqdim etildi: narxi va texnik xususiyatlari

Ixbt.com xabariga ko'ra, iQOO Z11 smartfoni Xitoydan tashqari global bozorda sotuvga chiqarildi. Mazkur qurilmaning 8/256 GB xotirali versiyasi 410 dollar, 12/256 GB hajmli varianti esa 560 dollardan baholandi. Smartfon Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 protsessori, 90 Vt quvvatlashni qo'llab-quvvatlovchi 9020 mA/soat sig'imli akkumulyator hamda 144 Gts chastotali 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan.
iQOO Z11 smartfoni Xitoydan tashqari bozorlarda sotuvga chiqdi. Qurilmaning 8/256 GB xotiraga ega versiyasi 410 dollar, 12/256 GB hajmli varianti esa 560 dollar etib belgilandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Smartfon Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 platformasida ishlaydi. Uning eng eʼtiborli jihati 9020 mA/soat sigʻimli akkumulyator boʻlib, u 90 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
Qurilma 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan boʻlib, u 2800 x 1260 piksel aniqligini va 144 Gts yangilanish tezligini taqdim etadi. Asosiy kamera 50 MP va 2 MP sensorlardan iborat, old kamera esa 32 MP aniqligida suratga oladi.
Qurilmaning oʻlchamlari 163,73 x 76,18 x 8,25 mm, ogʻirligi esa 213 grammni tashkil etadi. Qizigʻi shundaki, ushbu modelda suv va changdan himoya qiluvchi IP standarti mavjud emas.































Izohlar 0
…