date

iQOO Z11x smartfoni global bozorga chiqdi: 7200 mA/soat batareya va IP69 himoyasi

iQOO Z11x smartfoni global bozorga chiqdi: 7200 mA/soat batareya va IP69 himoyasi

Avvalroq faqat Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan iQOO Z11x smartfoni endilikda global miqyosda, xususan, Malayziyada sotuvga chiqarildi. Qurilma o‘zining mustahkam korpusi va katta sig‘imli batareyasi bilan foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfon 6,76 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan bo‘lib, u 2344 x 1080 pikselli aniqlikni taqdim etadi. Qurilma MediaTek Dimensity 7400-Turbo protsessori asosida ishlaydi, bu esa kundalik vazifalarni bajarishda barqaror unumdorlikni ta’minlaydi.

Qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri uning 7200 mA/soat sig‘imli akkumulyatoridir. Shuningdek, smartfon 44 Vt quvvatda tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. Kamera tizimi 50 MP asosiy va 2 MP chuqurlik sensoridan iborat, selfi uchun esa 32 MP old kamera o‘rnatilgan.

iQOO Z11x IP69 darajasidagi yuqori suv va changdan himoya tizimiga ega. Qurilmaning 8/128 GB xotiraga ega varianti 280 dollar, 8/256 GB hajmli modeli esa 330 dollar narxda sotuvga chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » iQOO Z11x smartfoni global bozorga chiqdi: 7200 mA/soat batareya va IP69 himoyasi