Respublika Gidrometeorologiya markaz dam olish kunlari qanday ob-havo bilan o‘tishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, juma kuni Shimoliy Kavkaz hududlaridan respublikaning shimoliy hududlariga kirib kelgan nam va salqin havo massasi 12 fevral, shanba kuni mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
13 fevral, yakshanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni atrofida, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
12 fevralda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 13 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"