Venesuelaning bir necha shtatlarida naqd pul etishmayotgani va do‘konlarning 100 bolivarlik qog‘oz pullarni qabul qilishni rad etayotganlariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mamlakat aholisi naqd pul etishmovchiligi muammosini hal qilishni talab qilmoqda. Bir hafta avval, 12 dekabrda Venesuela 100 bolivarlik qog‘oz pulni muomaladan chiqarishi ma’lum bo‘lgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, bu mafiyaga qarshi kurash bilan bog‘langan.
Shu sababli 17 dekabrda Tachira, Truxilo, Monagas, Ansoategi, Bolivar, Barinas va Suliya shtatlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Aholining ta’kidlashicha, savdogarlar va transportda tashuvchilar 100 bolivarlik qog‘oz pulni qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, ayni vaqtda mamlakat hukumati bu holat bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi