Onana ten Hagni «ko‘mdimi»?
A guruhi
«Manchester Yunayted» – «Galatasaroy» 2:3
Gollar: 1:0 – 17 Hoylund, 1:1 – 23 Zaa, 2:1 – 67 Hoylund, 2:2 – 71 Oqturko‘g‘li, 2:3 – 81 Ikardi.
«Manchester Yunayted» – Onana, Diogu Dalot, Varan, Lindelyof, Amrabat (Marsiyal, 89), Kazemiro, Maunt (Antoni, 85), Mejbri (Eriksen, 46), Brunu Fernandesh, Reshford (Garnacho, 68), Hoylund.
«Galatasaroy» – Muslera, Boe, Bardakchi, Sanches, Anxelinio (Ndombele, 84), Oyxon (Nelsson, 84), Torreyra (Serjiu Oliveyra, 61), Zaa (Mertens, 72), Oqturko‘g‘li, Tete (Yilmaz, 61), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Torreyra (31), Kazemiro (34), Diogu Dalot (38), Boe (61), Serjiu Oliveyra (85).
Chetlatish: Kazemiro (77).
«MY» o‘yinni juda tetik va kuchli boshlab, raqibni darhol taslim etmoqchi ekanini namoyish etdi. Reshfordning qanotdan uzatmasidan Hoylund hisobni ochganida bu muqarrardek ko‘rinayotgandi. Lekin keyin «qizil iblislar» bu mavsumdagi o‘ziga xos holatiga qaytishdi. O‘z darvozasi oldida ham, raqib darvozasi tomonda ham.
Birinchi epizod — Zaa jarima maydoni ichida to‘p uchun kurashda Diogu Dalotdan ustun keldi va «Old Trafford»dagi hushtakbozliklar fonida hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi epizod — o‘ta qulay pozitsiyadan hujum qilgan Maunt darvoza to‘rini emas, o‘z jamoadoshi Mejbrini nishonga oldi. Uchinchisi — Sanches maydon markazida toyib ketdi va Hoylund yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.
Lekin Erik ten Hag xursandchilik qilishga ulgurmadi. To‘rt daqiqa o‘tmasdan mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Va bu hali hmmasi emasdi. Ushbu murabbiy qattiq harakat qilib olib kelgan Onana yana uyaltirdi, uning himoyadan chiqishdagi xato uzatmasi nafaqat darvozaga penalti qo‘yilishiga, balki Kazemiro chetlatilishiga olib keldi. Ikardi «nuqta»dan aniq zarba berolmagan bo‘lsa-da, bir kishi kam bo‘lib qolgan mezbonlar hisobni ushlab qola olishmadi. Ikkinchi javob golida ham xatoga yo‘l qo‘ygan Amrabat qanot himoyachisi vazifasi umuman unga emasligini ko‘rsatib berdi — u to‘pni maydon markaziga uzatganida Sanches to‘pni to‘sib chiqib, boshi bilan oldinga tashlab berganida ortda qolib ketdi va ofsayd chizig‘ini ushlay olmadi, Ikardi esa «Yunayted»ni nokautga uchratdi.
Angliyaliklar mavsumdagi o‘n o‘yinda 18 gol o‘tkazib yuborishdi. Bu ularning 1966 yildan buyon eng yomon natijasidir. «Galatasaroy» esa aynan shu jamoaga qarshi o‘yinda ilk bor Britaniya orollarida g‘alaba qozona oldi.
«Kopenhagen» – «Bavariya» 1:2
Gollar: 1:0 – 55 Lerager, 1:1 – 67 Musiala, 1:2 – 83 Tel.
«Kopenhagen» – Grabara, Ankersen, Vavro, Diks (Lund, 78), Meling, Falk, Lerager, Diogu Gonsalvesh (Ouskarsson, 85), Elyunussi (Larsson, 85), Klasson, Ashuri (Bardegdji, 65).
«Bavariya» – Ulrayh, Mazraviy, Upamekano, Kim Min Je, Devis, Kimmih, Laymer (Myuller, 77), Koman (Shupo-Moting, 87), Sane (Tel, 77), Musiala (Goretska, 77), Keyn.
Ogohlantirishlar: Meling (54), Lerager (63), Musiala (69), Vavro (90).
Kopenhagendagi parallel uchrashuvda «Bavariya» uzoq vaqtgacha o‘z maqsadiga erisha olmadi. Jamoa tashabbusga egalik qilayotgandek ko‘rinardi, ammo tanaffusgacha bo‘lgan vaqtda kutilgan gollar koeffitsiyenti bo‘yicha ham daniyaliklardan ortda edi (xG bo‘yicha 0,21 ga qarshi 0,17). Yakunda «Kopenhagen» tanaffusdan keyin hisobni ochdi. Klassonning zarbasi himoyachi to‘sdi, ammo to‘pni egallab olgan Lerager darvoza burchagini ishg‘ol etdi. Va shundan keyingina — Tomas Tuxel hujum chizig‘ini ikki yangi futbolchi bilan kuchaytirishga hozirlanayotganida — Musiala reyd amalga oshirib, raqib darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga oldi.
Murabbiyning keyinroq amalga oshirgan almashtirishlari ham ish berdi. Keksalikni tan olmayotgan Myuller to‘pga yopishib oldi va fint bilan ikki himoyachini zararsizlantirib, to‘pni uchinchisining yonidan dumalatib qulay pozitsiyaga ochilib kelgan yosh jamoadoshi Telni golli pas bilan ta’minladi. O‘yinni ko‘rmasdan, faqat natijaga qaralsa, nemislar saviya hisobiga uch ochkosini olgandek tasavvur uyg‘onishi mumkin. Ammo agar Ulrayh qo‘shimcha daqiqalarda Shupo-Motingning oyog‘i orqali rikoshet bo‘lib kelgan zarbani aql bovar qilmas reaksiya bilan qaytarmaganida, hech qanday g‘alaba va Chempionlar ligasi rekordi ham bo‘lmasdi. «Bavariya» guruh bosqichidagi g‘alabali seriyasini 18 o‘yinga yetkazib, «Barselona»ning natijasini yangiladi.
24 oktyabr. Galatasaroy — Bavariya, Manchester Yunayted — Kopenhagen.
B guruhi
Eyndhovendagi triller
«Lans» – «Arsenal» 2:1
Gollar: 0:1 – 14 Gabriel Jyezus, 1:1 – 25 Tomasson, 2:1 – 69 Vai.
«Lans» – Samba, Gradi, Danzo, Medina, Machado (Agilyar, 81), Frankovski, Mendi (Diuf, 73), Tomasson (Fyuljyeni, 73), Abdul-Samed, Sotoka, Vai (Said, 73).
«Arsenal» – Rayya, Tomiyasu, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Uayt, 71), Edegor (Nketia, 80), Rays, Haverts (Smit-Rou, 70), Trossar (Nelson, 70), Saka (Fabiu Viyeyra, 34), Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: Abdul-Samed (90), Gabriel Jyezus (90).
Lansda jamoalar tom ma’noda kim ko‘proq qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yish bo‘yicha musobaqalashishdi. Dastlab mezbonlar «minus» baho olishdi va to‘pni egallab olgan Saka uni darhol oldinga tashlangan Gabriel Jyezusga uzatdi, braziliyalik hujumchi himoyachilar va darvozabonni dog‘da qoldirib, hisobni ochdi. Keyin esa «Arsenal» oyoqda o‘ynash xislatlari uchun sotib olgan Rayya uyaltirdi, u himoyachi vazifasiga kirishdi, ammo uning qanotga uzatmasi o‘xshamadi, darvozabon to‘p oldirilishi bilan ortga qaytgan bo‘lsa-da, Tomasson Vaining uzatmasidan keyin to‘pni uzoq ustun tomon aylantirib yo‘lladi va darvozabonda xatoni tuzatish imkoni bo‘lmadi.
Ammo bu Sakaning jarohati bilan solishtirganda arzimas epizod edi — «kanonirlar»ning asosiy futbolchisi yakshanba kuni «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda tushishi dargumon. Ushbu vingerning Mikel Arteta tizimidagi ahamiyatini to‘liq tushunish uchun raqamlarga qarash kifoya: u bu mavsumda top-5 ligalarda gollari va uzatmalari soni beshdan oshgan ilk futbolchi bo‘ldi. Sakasiz qolgan jamoa esa natijaga erisha olmadi, Trossar va Tomiyasuda imkoniyatlar bo‘lgandi, ammo ularning zarbalarini mezbonlar darvozaboni qaytardi. O‘yin taqdirini Vaining uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi hal qildi. «Lans» aql bovar qilmas natija qayd etmoqda — fransuzlar YeChLda qatorasiga oltinchi o‘yinda birinchi bo‘lib gol o‘tkazganiga qaramay yutqazmadi (+3=3).
PSV – «Sevilya» 2:2
Gollar: 0:1 – 68 Gudel, 1:1 – 86, penalti de Yong, 1:2 – 87 An-Nosiriy, 2:2 – 90+4 Teze.
PSV – Benites, Teze, Ramalio (Bella-Kochap, 82), Boskali (Pepi, 82), Dest, Sxauten, Verman (Saybari, 71), Tillman, Lang, Bakayoko (Losano, 71), de Yong.
«Sevilya» – Nyuland, Navas (Xuanlu Sanches, 73), Ramos, Gudel, Pedrosa (Akunya, 73), Rakitich, Fernando (Sou, 66), Okampos (Bade, 86), Suso (Oliver Torres, 66), Lukebakio, An-Nosiriy.
Ogohlantirishlar: Verman (27), Navas (36), Losano (90), Bade (90), de Yong (90).
Eyndhovenda esa barchasi paradoksal tus oldi. PSV bosim qildi, vaziyatlar yaratdi va tanaffusga qadar 12 bor zarba yo‘lladi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Sevilya» darvozani ishg‘ol qildi, Pedrosaning zarbasi mezbonlar himoyachisi Ramalio orqali darvozaga kirdi. Ammo VAR andalusiyaliklarning bayramini bekor qildi, bu vaziyatda gol muallifi qo‘l bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Tabiiyki, mehmonlarning e’tirozi hech qanday naf bermadi, faqat Mendilibarning yordamchilaridan biri qizil kartochka oldi.
Shundan keyin o‘yin triller rejimiga o‘tdi. Birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Okamposning zarbasi to‘singa tegdi. Serxio Ramos avvaliga darvozaga kirib ketgan Gudelning oyoqlariga to‘pni tashlab berdi, keyin esa o‘z jamoasi jarima maydonida fol ishlatib, raqib hisobni tenglashtirishiga sababchi bo‘ldi. Boshqa bir faxriy futbolchi ham haqiqiy dramani boshdan kechirdi — Lyuk de Yong. Sobiq klubiga gol urib, Niderlandiya klublarining yevrokubokdagi eng yaxshi to‘purariga aylangan (30 gol) ushbu forvard jamoadoshlari «Sevilya»ga to‘pni maydon markazidan o‘yinga kiritib, bir necha pas bilan An-Nosiriyning boshiga yetkazib berishiga qanday yo‘l qo‘yganini tushuna olmasdi.
Ammo qo‘shimcha daqiqalar oxirida PSV Tezening goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Natijada «Arsenal» bu turda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, ikkinchi o‘rinda qoldi.
24 oktyabr. Sevilya — Arsenal, Lans — PSV.
C guruhi
Berlindagi aqlsizlik
«Union» – «Braga» 2:3
Gollar: 1:0 – 30 Bekker, 2:0 – 37 Bekker, 2:1 – 41 Niakate, 2:2 – 51 Bruma, 2:3 – 90 Andre Kashtru.
«Union» – Rennov, Yuranovich, Bonuchchi, Diogu Leyte, Duki, Gozens (Russiyon, 86), Haberer (Aaronson, 81), Kral, Tuzar (Layduni, 63), Bekker, Berens (Folland, 63).
«Braga» – Mateus, Mendes (Andre Kashtru, 86), Niakate, Saatchi, Borxa (Marin, 74), Al-Musratiy, Salasar (Moutinio, 73), Bruma, Rikardu Orta (Karvalio, 83), Jalo (Abel Ruis, 83), Banza.
Ogohlantirishlar: Rikardu Orta (13), Bonuchchi (13), Banza (46), Diogu Leyte (54), Salasar (72), Yuranovich (90).
Kunning eng dramatik o‘yinlaridan biri birinchi bo‘lib o‘tkazildi, unda Berlinning «Union»ga muxlislik qiluvchi qismi haqiqiy shok holatni boshdan kechirdi. Chunki Gozensning tezkor goli ofsayd tufayli bekor qilinganiga qaramay, barchasi ular uchun juda ajoyib boshlangandi. Gol bekor qilingan bo‘lsa-da, hech qisi yo‘q — Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumdagi qahramonlaridan biri Bekker dubl rasmiylashtirdi.
Keyin esa barchasi boshdan oyoq o‘zgarib ketdi, taqdir Niakatedan qarzini qaytardi. Birinchi turda ushbu himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan va «Napoli»dan uchralgan mag‘lubiyatga asosiy sababchiga aylangandi, bu safar esa u qaytgan to‘pga zarba berib, hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda esa «to‘qqizlik»ni aniq nishonga olgan Bruma muvozanatni tikladi, qo‘shimcha daqiqalarda esa «Braga» safida kutilmagan qahramon o‘zini ko‘rsatdi — mavsum boshidan buyon faqat yarim soat maydonda bo‘lgan Kashtru. Buni sensatsiya deyish qiyin, kuz boshlanganidan buyon inqiroz holatidan chiqib keta olmayotgan «Union» bungacha ham
besh o‘yinda yutqazgandi, portugallar jamosi esa Germaniya vakillariga qarshi so‘nggi besh o‘yindan to‘rttasida g‘olib bo‘lishgan.
«Napoli» – «Real» 2:3
Gollar: 1:0 – 19 Estigor, 1:1 – 27 Vinisius Junior, 1:2 – 34 Bellinghem, 2:2 – 54, penalti Zelinski, 2:3 – 78, avtogol Meret.
«Napoli» – Meret, Di Lorenso, Estigor, Natan, Olivera (Mariu Ruy, 88), Lobotka (Kayuste, 88), Zelinski (Raspadori, 75), Zambo-Angissa (Simeone, 88), Politano (Elmaz, 70), Kvaratsxeliya, Osimhen.
«Real» – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Kamavinga (Mendi, 64), Kroos (Modrich, 65), Valverde, Tchuameni, Bellinghem, Vinisius Junior (Seballos, 84), Rodrigo (Hoselu, 75).
Ogohlantirishlar: Kamavinga (29), Natan (45), Bellinghem (70), Arrisabalaga (89).
Neapolda o‘ynash oson emas. «Napoli» olti yildan buyon YeChLda o‘z uyidagi o‘yinlarda yutqazmagan. «Real»ga qarshi o‘yin arafasida ham Italiya chempionlari yaqqol autsayder sifatida qaralmayotgandi, chunki qayta qurish bosqichida tuurgan madridliklar mavsumni ideal boshlay olmadi. Ispanlarga bu o‘yinda jarohatidan tuzalmagan Kurtua va Eder Militao, shuningdek Alaba yordam bera olmasdi, shunday ekann, jamoadagi zaif chiziq oldindan ma’lum edi — mudofaa markazi.
Shu bilan birga, «Napoli»da ham bu chiziqda muammo bor. Kim Min Je «Bavariya»ga ketgan, Rrahmani va Juan Jyezus jarohatlangan, shuning uchun mezbonlarning himoya markazi tajribaviy ko‘rinishda edi. Ammo zaif ko‘ringan bo‘g‘in eng kuchlisi bo‘lib chiqdi: o‘yinda hisob aynan markaziy himoyachilar va Kvaratsxeliyaning sa’y-harakatlari bilan ochildi. Xvicha to‘pni burchakdan oshirib berdi, Natanning zarbasi to‘sindan qaytdi, Estigor esa barchadan ildamroq harakat qildi.
Bu o‘yinda standart vaziyatlar «Napoli»ning asosiy quroliga aylandi va bunda gurjistonlik havbek asosiy rolni bajardi. Rudi Garsiya jamoasida burchak zarbalarini ijro etuvchi muayyan futbolchi yo‘q va bu o‘yinda ham to‘pga goh Zelinski, goh Politano yaqinlashdi. Ammo Xvichaning uzatmalari hammanikidan yaxshiroq chiqdi: birinchisi golga olib keldi, ikkinchisidan keyin to‘p qulay vaziyatda turgan Osimhenning boshiga kelib tushishiga sal qoldi.
Albatta, o‘tkazilgan golda Kepa yaqqol aybdor edi — Arissabalaga darvozadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va «Real»ning muxlislari yana bir bor Kurtuani yodga olishdi. Ammo, ularning baxtiga, futbolda faat darvozabonlar o‘ynamaydi, madridliklar jamoasi hujum chizig‘ida esa javohirlar yetarlicha topiladi.
Karlo Anchelotti bu mavsum uchun odatiyga aylangan, maydon markazida romb hosil qilishni nazarda tutuvchi 4-3-1-2 sxemasini tanladi va «Real» bu o‘yinga ham nominal markaziy forvardsiz chiqdi. Shu bilan birga, sog‘ayib safga qaytgan Vinisius Bellinghem bilan ajoyib shou uyushtirdi. Aynan shu juftlik javob golini tashkillashtirdi: angliyalik futbolchi Di Lorensoning kuchsiz uzatmasidan keyin to‘pni olib qo‘ydi va braziliyalik sherigiga assist berdi.
Bellinghem — zamonaviy futboldagi alohida shaxslardan biriga aylanmoqda. Yozda Dortmunddan Madridga kelgan 20 yoshli yarimhimoyachiga hech qanday moslashish davri kerak bo‘lmadi va u Yevropani zabt etishda davom etmoqda. Bir yil muqaddam Jud «Borussiya» safida YeChLning guruh bosqichidagi dastlabki to‘rt o‘yinda gol urgandi, bu mavsumda esa o‘z rekordini yangilash tomon bormoqda. Bellinghemning goli ikki hafta oldin «Real»ga Berlinning «Union» klubiga qarshi kechgan qiyin o‘yinda g‘alaba keltirgandi, bu safar esa yanada kuchliroq o‘yin namoyish etdi va haqiqiy shedevr yaratdi: 34-daqiqada u to‘pni maydon markazida egallab olib, zigzag harakat bilan raqib darvozasigacha yetib bordi va «Real»ni oldinga boshladi. Jud ispan grandi safida mavsum boshidan buyon urgan gol va pas bo‘yicha «8+3» ko‘rsatkichini qayd etmoqda — yosh yangi futbolchi uchun fenomenal raqamlar.
Jamoalar tanaffusgacha yana gollar urishi mumkin edi, ammo Rodrigo va Osimhen o‘z vaziyatlaridan foydalana olmadi. «Real»ni bu hisob qoniqtirardi, «Napoli»dan esa yanada yaxshiroq harakat qilish talab etilardi. Va mezbonlar buni uddalashdi.
Dastlabki 45 daqiqalikda madridliklar o‘yinning 57 foiz vaqtida to‘pga egalik qilishdi, ammo tanaffusdan keyin bu nisbat 180 darajaga o‘zgardi. Anchelotti intizomli himoya evaziga yuqori pressingdan voz kechdi, Garsiya esa bundan foydalandi. «Napoli» bosimni kuchaytirdi va penalti ishlandi — Zelinski hisobni tenglashtirdi.
Shundan keyin Xvichaning vaqti keldi: Kvaratsxeliya uch bor yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo gurjistonlik havbekka omad va aniqlik yetishmadi. Bu oqshomda chiroyli gollar faqat «Real» futbolchilari tomonidan urildi.
Madridliklar faqat 65-daqiqadan keyin, maydonda Modrich paydo bo‘lganida uyg‘ona boshladi va to‘p nazoratini o‘ziga qaytardi. Bellinghem dublga yaqin keldi, ammo uning noqulay vaziyatdan bergan zarbasi bo‘sh darvozaga kirishni istamadi. «Real» baribir g‘alaba golini urishga erishdi. Barchasini Valverde amalga oshirdi: urugvaylik futbolchi kuchli zarba bilan stadionda yig‘ilgan muxlislar ustidan suv quyib yubordi. To‘p Meretning yelkasiga tekkan holda biroz yo‘nalishini o‘zgartirib darvoza to‘sini ostidan to‘rga borib tushdi. Qoidaga ko‘ra, bu avtogol sifatida «Napoli» darvozaboni nomiga yozildi, ammo amalda bu — Valverdening shedevr goli edi.
«Napoli»da esa o‘yin oxirida Kepa qo‘riqlayotgan darvoza tomon to‘liq jamoa bo‘lib yopirilsa-da, natijani o‘zgartira olmadi. Ispaniyalik darvozabon eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, darvozasidan boshqa gol o‘tkazmadi va «Real» Neapoldan uch ochko olib qaytdi.
24 oktyabr. Braga — Real, Union — Napoli.
D guruhi
Tyuram hal qildi
«Inter» – «Benfika» 1:0
Gol: 1:0 – 62 Tyuram.
«Inter» – Zommer, Dumfris (Darmian, 73), Acherbi, Pavar, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 84), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li (Aslani, 84), Barella (Klassen, 90), Tyuram (Sanches, 73), Martines.
"Benfika" – Trubin, Ba (Tomash Arauju, 22), Otamendi, Morato, Bernat (Artur, 80), Di Mariya (Yurasek, 80), Rafa Silva (Shikinyu, 69), Eursnes, Kekchyu (Musa, 69), Joau Nevesh, Neres.
Ogohlantirishlar: Martines (67), Barella (68), Dumfris (70), Aslani (90).
Milandagi o‘yin, tabiiyki, bahordagi chorakfinal remeyki sifatida qaralayotgandi. Ammo o‘shanda Italiyada shiddatli durang qayd etilgandi (3:3), seshanba oqshomida esa — ikki jamoa harchand xohlamasin — o‘yin gollarga boy bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda, «Inter» ham, «Benfika» ham deyarli golli vaziyatlar yarata olmadi.
Tanaffusdan keyin o‘yinga tezlik qo‘shildi. Ammo o‘tgan hafta oxirida A Seriya o‘yinida zaxiradan tushib, poker qayd etgan Lautaro Martinesda gollar limiti to‘lib bo‘lgandek edi. Uning o‘yiniga David Neres bilan to‘qnashuv ham o‘z ta’siri o‘tkazgan bo‘lishi mumkin, ushbu futbolchi gazonga yiqila turib butsasi bilan argentinalik futbolchining yuziga zarba berib yubordi. Yakunda Martines uchta qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardi, uning zarbalari to‘singa yoki ustunga tegdi, yana bir vaziyatda esa darvozabondan o‘tib, zarba berganida Argentina milliy jamoasidagi jamoadoshi Otamendi to‘pni qaytarib qoldi. «Neradzurrilar»ni esa bu safar ham Tyuram qutqardi va Dyumfrisning uzatmasidan keyin darvozabonga imkoniyat qoldirmadi.
«Red Bull» – «Real Sosiyedad» 0:2
Gollar: 0:1 – 7 Oyarsabal, 0:2 – 27 Mendes.
«Red Bull» – Shlager, Dedich, Sole (Baydu, 46), Pavlovich, Terzich, Bidstrup (Kapaldo, 65), Kiyergor (Amankva, 46), Gurna-Duat, Glux (Suchich, 79), Shimich, Konate (Ratkov, 46).
«Real Sosiyedad» – Remiro, Traore (Elustondo, 84), Le Norman (Pacheko, 46), Subeldiya, Munios, Mendes (Turriyentes, 82), Merino, Subimendi, Kubo (Cho, 63), Oyarsabal, Barrenechea (Fernandes, 64).
Ogohlantirishlar: Le Norman (15), Sole (41), Mendes (59), Pavlovich (76), Baydu (88).
«Real Sosiyedad» safar o‘yinida amalda birinchi bo‘limdayoq barchasini hal qildi. Basklarning ikki goli ham chiroyli chiqdi. Birinchisi — yana o‘zining eng yaxshi formasiga qaytayotgan Oyyarsabalning individual mahorati evaziga urildi. Sardor fint bilan himoyachini yo‘ldan oldi va Avstriya milliy jamoasi posboni Shlagerni gipnoz qilgandek qotirib qo‘yib, to‘pni darvoza burchagiga yo‘lladi. Chempionlar ligasidagi ikkinchi o‘yinida ham darvozani ishg‘ol etgan Mendesga to‘pni Kubo «Zalsburg»ning ikki himoyachisi orasidan yetkazib berdi. Ikkinchi bo‘lim boshida arbitr mehmonlar darvozasiga penalti qo‘ygandi, ammo videotakrordan keyin bu vaziyatda aslida mezbonlar hujumchisi Shimich raqib darvozaboni Remironing oyog‘ini bosib olgani ayon bo‘ldi.
24 oktyabr. Inter — Zalsburg, Benfika — Real Sosiyedad.
Kun statistikasi
- Turnir tarixida ilk bor VAR qarori bilan «Real» darvozasiga penalti qo‘yildi.
- «Real» safida YeChLdagi dastlabki ikki o‘yinida gol kiritgan Bellinghem bu borada Kristian Karambe (1998) va Krishtianu Ronaldudan (2009) keyingi 3-futbolchi bo‘ldi.
- «Galatasaroy» yarimhimoyachisi Oqturko‘g‘li YeChLda safar o‘yinlarida 5-golini urdi — bu turkiyalik futbolchilar uchun yevrokuboklardagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring