date

Vinisius Mbappeni penalti haqida kuldirib qoʻydi


Madridning "Real" klubi shanba kuni La Liga doirasida oʻz uyida "Valensiya"ni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Kilian Mbappe dublga erishdi.

Tanaffus oldidan esa u xet-trik amalga oshirish imkoniyatiga ega edi, ammo penalti tepishni braziliyalik Vinisius Junior oʻz zimmasiga oldi va gol ura olmadi. Biroq, bu xatoni tezda Jude Bellingem tuzatib, hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Yakuniy hisobni esa 82-daqiqada Alvaro Karerras oʻrnatdi. Oʻyindan soʻng, Vinisius ijtimoiy tarmoqlar orqali Mbappega murojaat qilib, birga tushgan suratiga "Bu senga juda oson!" deb izoh qoldirdi.

"Real" jamoasi hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Barselona"dan sakkiz ochkoga ustunlik qilgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius Mbappeni penalti haqida kuldirib qoʻydi