
AQSHning Las-Vegas shahri yana bir bor katta jang muhitiga botdi. Shu haftada o‘tkazilgan “UFC Fight Night 263” turniri tomoshabinlarga shiddat va hayajonga to‘la kecha taqdim etdi, deb xabar berdi MMA Fighting.
13 ta jangdan 8 tasi muddatidan avval yakunlandi — buning o‘zi kechaning qay darajada dinamik bo‘lganini ko‘rsatadi. Har bir oktagonda muhabbat, g‘alaba uchun kurash va sportchilarning irodasi ustun keldi.
Boshlang‘ich jangda Talita Alenkar o‘z mahoratni namoyon etib, 3-raundda Ariani Karnelosini sabmishn orqali mag‘lub etdi. Bu natija braziliyalik sportchi uchun katta g‘alaba bo‘ldi.
Shu bilan birga, Sok Xyon Ko hakamlar yakdil qarori bilan Filip Rou ustidan zafar qozondi. Norma Dyumont esa ochkolar hisobida Ketlin Viyeyradan ustun kelib, o‘zining yuqori formasini yana bir bor isbotladi.
Yangi iqtidorli jangchilardan biri Donte Jonson ham kecha qahramonlaridan bo‘ldi. U 2-raundda Sedrik Dyumadanni sabmishn orqali mag‘lub etdi va o‘zini oktagonda jiddiy raqib sifatida ko‘rsatdi. Timoti Kuamba esa Chan Xo Liga qarshi bahsda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Billi Elekana muxlislarni hayratga soldi — u 1-raunddayoq Kevin Kristianni sabmishn bilan yengib, jangni yakunladi. Allan Nasimento ham xuddi shunday usulda g‘alaba qozondi — 2-raundda Kodi Dyordenni taslim etib, o‘z nomini muxlislar yodiga muhrladi.
Charlz Radtke ham jangning 3-raundida Daniel Frunzani sabmishn hisobi bilan yengib, kecha rekordini davom ettirdi. Yana bir shiddatli jangda Yadiyer del Valle 1-raunddayoq Isaak Dulgarianni yengdi.
Jeremiya Vells Temba Gorimboga qarshi jangda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi, Valdo Kortes-Akosta esa birinchi raundda Ante Deliyani kuchli zarba bilan nokaut qildi. Bu jang kechaning eng ta’sirli lahzalaridan biri bo‘ldi.
Shu bilan birga, Stiv Garsiya ham muxlislarga esda qolarli lahza ulashdi — u 1-raundda Devid Onamani texnik nokaut bilan yengib, kechaning eng shiddatli g‘alabalaridan birini qayd etdi.
Kecha jang san’ati muxlislarini yana bir bor UFC muhitiga cho‘mdirdi. Oktagonda g‘alaba va mag‘lubiyat orasida faqat soniyalar farq qildi.
Ma’lumot uchun, navbatdagi “UFC Fight Night 264” turniri 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu gal ham Las-Vegasda kurashlar yana yuqori ruhda davom etishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!