Liverpul braziliyalik hujumchini sotib olishi mumkin

Liverpul braziliyalik hujumchini sotib olishi mumkin
Qisqacha

Huquqlari Londonning "Fulhem" klubiga tegishli 22 yoshli braziliyalik hujumchi Kevin amaldagi Premer-liga chempioni "Liverpul" e'tiboriga tushdi. "Liverpul" futbolchini xarid qilishga qiziqish bildirgan, uning transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Kevin joriy mavsumda "Fulhem" safida 9 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Angliya chempionati turnir jadvalida "Liverpul" uchinchi, "Fulhem" esa 15-o'rinda bormoqda.

Liverpul braziliyalik hujumchini sotib olishi mumkin
Braziliyalik hujumchi Kevin, huquqlari Londonning "Fulhem" klubiga tegishli, Angliyaning yirik klublaridan biri eʼtibor markaziga tushdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli hujumchini amaldagi Premer-liga chempioni – "Liverpul" xarid qilishga qiziqish bildirgan. Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Kevin "Fulhem" safida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Angliya chempionati turnir jadvalida "qizillar" uchinchi o‘rinni egallab turibdi, "Fulhem" esa 15-o‘rinda joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar