
"Barselona" klubi oʻng qanot himoyachisi Xavi Espart yaqinda asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazishi mumkin. 18 yoshli futbolchi mashgʻulotlar va dubl jamoasi oʻyinlaridagi ishtiroki bilan "koʻk-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikda katta taassurot qoldirdi.
Bu haqda jurnalist Serxi Sole xabar bermoqda. Yosh ispaniyalik futbolchining ayniqsa yetuklik va universalligi nemis murabbiyini xursand qilgani taʼkidlanmoqda.
Xavi Espart nafaqat himoya qanotida, balki yarim himoya chizigʻida ham harakat qilishi mumkin. Joriy mavsumda u uch marta "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibiga kiritilgan, biroq hali maydonga tushmagan.
Yakshanba kuni Kataloniya grandi La Liga doirasida oʻz maydonida "Elche"ni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar