
Turinning "Yuventus" jamoasining yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa Italiya chempionatida gʻalaba qozonish uchun kurasha olishini aytdi. Sobiq "Zenit", "Napoli" va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Spalletti "Yuventus"da Igor Tudor oʻrnini egalladi. 
"Men aytdimki, biz skudetto uchun kurashishimiz kerak, lekin bu uni yutishimiz kerak degani emas. Hozircha matematik imkoniyatlarimiz bor ekan, biz har qanday narsa, jumladan, Chempionlar Ligasi uchun ham intilishimiz lozim", - deya mutaxassisning soʻzlarini keltirdi klub matbuot xizmati. 
Uning taʼkidlashicha, "Kremoneze"ga qarshi oʻyinda jamoaning koʻrsatgan oʻyini unga yoqqan, biroq bu gʻalabada uning hech qanday hissasi boʻlmagan. 10 turdan soʻng "Yuventus" 18 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi va yetakchi "Napoli"dan toʻrt ochko ortda bormoqda. 
Spalletti: "Yuventus" skudetto uchun kurashishi mumkin
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar