date

Endrik "Real" klubini tark etmoqchi

Endrik "Real" klubini tark etmoqchi
Braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Madridning "Real" klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Lequipe nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi faoliyatini Fransiyaning "Lion" klubida davom ettirish niyatida. Ushbu klub Endrikni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Futbolchining o‘zi allaqachon "Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka bilan ko‘chib o‘tish masalasida suhbatlashgan. Hozirda Endrik "Real" bilan ijaraga o‘tish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda.

Endrik o‘tgan yili "Real" safiga qo‘shilgan edi, ammo asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endrik "Real" klubini tark etmoqchi