
Yaqinda Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Petr Segrtning o‘rni bo‘shab qolgandi. Bugun esa milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Bunga qadar Segrtga yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gruziyalik Gela Shekiladze rasman Tojikiston bosh murabbiyi etib tayinlandi. Unga endilikda gruziyalik Tamaz Bokeriya yaqindan yordam beradi.
Shuningdek, Alisher To‘ychiyev darvozabonlar murabbiyi, Alifbek Beromov esa tahlilchi murabbiy sifatida Shekiladzening shtabidan joy oldi.
Tojikistonning yangi bosh murabbiyi o‘z vaqtida Gruziyaning U15, U16, U19 hamda U21 terma jamoalarida ishlagan. Petr Segrtga esa Afg‘oniston, Maldiv va Tojikiston termalarida yordamchilik ham qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar