23:48 / 31.03.2024
113

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, 17-28 oktyabr kunlari Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
"Unda qit’amizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi.


Bugun O‘FA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Unga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgani, bir qancha yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o‘rinlarni egallashiga tilak bildirildi.


Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo‘lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi, shuningdek, yurtimiz mezbonligida o‘tadigan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.


O‘z o‘rnida jamoa bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va jamoa sardori Dilshod Rahmatov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Uchrashuv yakunida O‘FA rahbariyati mas’uliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.


Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi", — deyiladi xabarda.

Manba: O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi