Yangi davrning eng yorqin futbolchilari terma jamoa safida 50 ta gol urish uchun turlicha miqdorda o‘yin o‘tkazishgan, deb ma’lum qilindi. Qiyos natijalari quyidagicha:
Keyn — 71 ta o‘yinda, Neymar — 74 ta, Vilya — 80 ta, Mbappe — 90 ta, Levandovski — 90 ta, Messi — 107 ta, Ronaldu — 114 ta o‘yinda 50 golga yetgan. Ammo Holand bu marrani rekord darajada tez — atigi 46 ta o‘yinda zabt etgan.
Norvegiya so‘nggi yillarda Yevro va Jahon chempionatiga chiqa olmagan edi. Biroq bu yil Erling Holand boshchiligidagi “vikinglar” mundial yo‘llanmasiga juda yaqin turibdi. Guruh bosqichida hozircha ikki tur qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar