Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning navbatdagi yangilangan reytingi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki nomdor ring vakili bu safar ham eng kuchlilar qatoridan o‘rin oldi.
Superog‘ir vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada chempioni va jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘z pozitsiyasini mustahkamlab, 10-o‘rinda qolmoqda. Uning bu natijasi uni jahon chempionlik janglariga yana bir qadam yaqinlashtirayotganini anglatadi.
Shuningdek, ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov ham yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. U ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida IBF reytingida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Mahalliy sport mutaxassislari ta’kidlashicha, har ikki sportchi ham yaqin vaqt ichida chempionlik janglariga chiqishi mumkin. Ular uchun bu reytingdagi barqaror o‘sish — xalqaro boks sahnasida O‘zbekiston nomini yana bir bor baland ko‘tarish imkoniyatidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!