date

Ter Shtegen «Barselona»ni tark etishi mumkin

Ter Shtegen «Barselona»ni tark etishi mumkin
Nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yaqin orada Kataloniyaning «Barselona» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri maʼlum qildi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli darvozabon bilan Londonning «Chelsi» klubi qiziqmoqda. Futbolchining o‘zi klubni almashtirishga tayyor, sababi u «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan.

Ter Shtegen 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan muntazam ravishda maydonga tushishni xohlamoqda. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, darvozabonning transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.

Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ter Shtegen «Barselona»ni tark etishi mumkin