
PSJ va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov fransuz tili haqida qiziqarli fikr bildirdi. "Men uchun fransuz tili har doim qiziqarli, lekin har doim ham tushunarli emas...
Masalan, fransuzcha 'mignon' soʻzi 'yoqimli', 'ajoyib' degani. Multfilm qahramonlari boʻyicha savol yoʻq, lekin qanday qilib steykni 'yoqimli' deb atash mumkinligini tushunolmayman", - deb yozdi darvozabon oʻzining Telegram-kanalida.
Eslatib oʻtamiz, Safonov joriy futbol mavsumida PSJning rasmiy oʻyinlarida hali biror marta ham maydonga tushmagan. Asosiy tarkibdagi oʻrni uchun raqobatchisi Lyuka Shevalye hisoblanadi.
Oʻtgan mavsumda, PSJdagi debyut yilida, Safonov 17 oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol oʻtkazib yuborgan edi. Oʻshanda uning raqobatchilari Janluiji Donnarumma va Arnau Tenas boʻlgan.
Sofonov: Fransuz tili qiziqarli, lekin murakkab
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar