date

O'zbekiston chavandozlari Dubayda oltin va bronza qo'lga kiritdi

O'zbekiston chavandozlari Dubayda oltin va bronza qo'lga kiritdi
2025-yilning 10-noyabr kuni Dubayda (BAA) CSI2* toifasidagi xalqaro konkur musobaqalari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi chavandozlari yuqori mahoratini namoyish etdi.

Natijada sportchilarimiz oltin va bronza medallariga ega bo'lishdi. 140 sm balandlikdagi to'siqlar bosqichida Abduraqmon Abdullayev "Otto van de Achterhoek" laqabli oti bilan qatnashdi.

U jarima ochkolarisiz masofani eng qisqa muddatda bosib o'tib, musobaqa oltin medalini qo'lga kiritdi. Shuningdek, terma jamoaning yetakchilaridan biri Bekzod Qurbonov "Matts V.G." laqabli oti bilan uchinchi o'rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdi.

U ham o'z ishtirokida ishonchli harakatlarni namoyish etib, minimal xatolar bilan yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » O'zbekiston chavandozlari Dubayda oltin va bronza qo'lga kiritdi