
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Yangi Toshkentda yangi futbol stadioni qurilishiga start berdi. Davlat rahbari stadion poydevoriga kapsula qo‘ydi.
“Bugun qo‘yilayotgan poydevor – ertangi g‘alabalarimizning asosi”, – dedi Prezident Mirziyoyev. Loyihaning umumiy qiymati 100 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Ushbu stadion Osiyodagi eng zamonaviy inshootlardan biri bo‘lib, yashil energiya asosida ishlaydi va aqlli texnologiyalar bilan jihozlanadi. Prezidentning ta’kidlashicha, 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda U-20 futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Turnirning final va yarim final o‘yinlari kamida 50 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda bo‘lib o‘tishi kerak. Shu sababli, Yangi Toshkentda FIFA talablariga to‘liq javob bera oladigan stadion qurilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar