date

Riyod-2025: O‘zbekiston yengil atletikasidagi zafarlar


O‘zbekiston terma jamoasi Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yengil atletika vakillari turli darajadagi bir nechta medallarni qo‘lga kiritib, delegatsiyamiz hisobini boyitdi.

O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a’zosi Amir Nagaev balandlikka sakrash bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Sportchi 2,15 metr natija bilan final bosqichida raqiblarini ortda qoldirdi.

Yana bir oltin medalni O‘zbekistonga Ibrohim Mahkamov keltirdi. U uch hatlab sakrash bo‘yicha 16,74 metr natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va delegatsiyamizning umumiy reytingdagi mavqeini mustahkamladi.

Parayengil atletika vakili Yo‘rqinbek Odilov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U F57 toifasidagi disk uloqtirish musobaqalarida qatnashib, 46,26 metr ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va Islom birdamligi o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Bolg‘a uloqtirish sektorida esa Zarinaxon Nasirjonova o‘z mahoratini namoyish etdi. U snaryadni 61,69 metrga uloqtirib, yakuniy protokolda uchinchi o‘rinni egalladi.

Bu medal O‘zbekiston terma jamoasi uchun bugungi medallar jamg‘armasiga muhim qo‘shimcha bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: O‘zbekiston yengil atletikasidagi zafarlar