Maykl Ouen Harri Keyn hali ham qarimayotganini aytdi

Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Maykl Ouen “Bavariya” markaziy forvardi Harri Keynning boshqa jamoaga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ouenning ta’kidlashicha, Keyn hanuzgacha eng yuqori darajadagi futbolchi bo‘lib qolmoqda. Uning fikricha, ingliz hujumchisini sotib olish “behuda sarf” bo‘lmaydi, biroq futbolchiga ayni paytda sarmoya kiritganda nechta mavsum yuqori darajada o‘ynashiga aniq javob berish qiyin. Shunga qaramay, Ouen Keyn hozircha qarish alomatlarini ko‘rsatmayotganini qayd etdi.
32 yoshli futbolchining Myunxen grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchining bozor bahosi 65 million yevroga teng deb baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing