date

Riyod-2025: O'zbekistonga oltin va kumush


2025-yil 19-noyabr kuni O'zbekiston sportchilarining Islom birdamligi o'yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Riyodda o'tkazilayotgan yengil atletika musobaqalarida o'nkurash bo'yicha ikki nafar o'zbekistonlik sportchi bir yo'la shohsupaga ko'tarildi.

Nodir Norboyev o'nkurash dasturida barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlab, oltin medalni qo'lga kiritdi va birinchi o'rinni egalladi. O'zbekistonning yana bir vakili Zohiriddin Shokirov esa musobaqani ikkinchi o'rinda yakunlab, kumush medalni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, o'zbekistonlik sportchilar bir yo'la ikki medalni yurtimizga olib kelishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: O'zbekistonga oltin va kumush