
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Facebook sahifasida milliy jamoani tark etayotganini e’lon qildi. "Bu yo‘l men uchun faqat ish emas edi — bu sharaf, mas’uliyat va Alloh tomonidan berilgan sinov edi.
Uch yil davomida biz bu jamoa bilan yonma-yon bo‘lib, qizg‘in mashg‘ulotlarni o‘tkazdik, quvonchli g‘alabalarni nishonladik va og‘ir mag‘lubiyatlarni boshdan kechirdik. Biz yaxshi va yomon kunlarda ham birga edik", — dedi Ismoilov.
Ushbu bayonot u boshchiligidagi jamoa Jahon chempionati 1/8 finalida Italiya terma jamoasiga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandan so‘ng e’lon qilindi. Sobiq murabbiy o‘zbekistonliklarga bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
U shogirdlarining har lahzada muxlislar mehrini his qilganini ta’kidladi. Islombek Ismoilov 1993-yil 19-iyulda Marg‘ilonda tug‘ilgan.
U murabbiylik faoliyatini Farg‘onaning "Yazyovan" klubida boshlagan. Uning boshchiligida O‘zbekiston (U-17) terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi.
Joriy yil yozida u "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzolagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.