date

Hamyurtimiz Ilya Sibirsev AQSHda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz Ilya Sibirsev AQSHda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi
2025 yil 9 dekabr kuni AQShning Texas shtatida Toyota U.S. Open Championships suzish musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibirtsev yorqin ishtirok etib, ikki marta shohsupaga ko‘tarildi. Dasturning birinchi kunida Sibirtsev 1500 metr masofaga erkin usulda suzishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

U 15:05.51 natija bilan marraga yetib, O‘zbekiston milliy rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 15:15.15 bo‘lib, u ham sportchining o‘ziga tegishli edi.

Musobaqalarning so‘nggi kunida esa Sibirtsev 800 metr masofaga erkin usulda suzishda kumush medalni qo‘lga kiritib, 7:51.85 natija qayd etdi. U xalqaro maydonda o‘zining barqaror yuqori saviyasini yana bir bor namoyish etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Hamyurtimiz Ilya Sibirsev AQSHda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi