date

"Monako" va "Marsel"ning muhim g‘alabalari

"Monako" va "Marsel"ning muhim g‘alabalari

Fransiyaning "Monako" va "Marsel" jamoalari Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltinchi turida muhim g‘alabalarga erishishdi. "Monako" o‘z maydonida minimal hisobda "Galatasaroy"ni mag‘lub etdi, "Marsel" esa Bryusselda "Yunion Sent-Jil" ustidan g‘alaba qozondi.

"Monako" o‘yinning ilk daqiqalaridan boshlab to‘p nazoratini qo‘lga oldi va raqibga bosim o‘tkaza boshladi. Golovin va Minamino turk jamoasi himoya chiziqlari orasida bo‘sh zonalarni topib, hujumlarni tashkil qilishdi.

Birinchi bo‘limda "Monako" bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi. Ayniqsa, Aklyushning qanotdan ichkiriga o‘tib, darvozaning pastki burchagiga yo‘llagan zarbasini "Galatasaroy" darvozaboni Chaqir burchakka chiqarib yubordi.

Ikkinchi bo‘limda "Monako"ning bosimi yanada kuchaydi. Zakariya penaltini golga aylantira olmadi, to‘pni darvozaning markazidan biroz chapga yo‘lladi, biroq Chaqir tizzasi bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq "Monako" o‘zini tiklab, hujumlarni davom ettirdi va nihoyat 68-daqiqada standart vaziyatdan so‘ng gol urdi. Burchak to‘pi qisqa qilib o‘ynatilib, jarima maydoniga uzatildi, Balogun ikki metr masofadan to‘pni darvozaga kiritdi.

"Galatasaroy" asosan uzoq masofadan zarbalar va kamdan kam qarshi hujumlar bilan javob berdi. Oxirgi daqiqalarda turk jamoasi havo uzatmalariga urg‘u berdi, ammo "Monako" himoyasi xatolarga yo‘l qo‘ymadi.

Monako — Galatasaroy 1:0

Gol: Balogun 68

Monako – Gradetski, Vanderson, Kerer, Salisu, Enrike, Kamara, Zakariya, Golovin (Ouattara, 82), Akliush, Minamino (Teze, 75), Balogun

Galatasaroy - Chaqir, Sallai, Sanches, Bardakchi, Yakobs (Ikardi, 79), Torreyra, Gabriel, Sane, Gundo‘g‘on, Yilmaz, Osimhen

Foydanilmagan penlati: Zakariya 51

Bryusselda bo‘lib o‘tgan "Yunion Sent-Jil" va "Marsel" uchrashuvi ham qiziqarli kechdi. Mezbonlar o‘yinni faol boshlashdi va 5-daqiqada hisobni ochishdi.

Xalayli o‘ng qanotdan chap tomonga o‘tib, pastki burchakka zarba berdi. Ammo "Marsel" tezda tashabbusni qo‘lga oldi va maydon markazini nazorat qila boshladi.

Grinvud va Payshao o‘rtasida tashkil etilgan kombinatsiya "Marsel"ning javob goliga sabab bo‘ldi. Obameyangning zarbasini darvozabon qaytardi, biroq Payshao to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Birinchi bo‘lim oxirida Grinvud "Marsel"ni oldinga olib chiqdi. Obameyang jarima maydonida hamkasbini topdi va ingliz futbolchisi to‘pni darvozaning o‘ng burchagiga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda "Yunion" pressingi kuchaydi va mezbonlar "Marsel"ning darvozasi yaqinida bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi. Ammo uchinchi golni yana Grinvud urdi, u tezkor qarshi hujumni uzoq burchakka zarba bilan yakunladi.

1:3 hisobida ortda qolayotgan "Yunion" taslim bo‘lmadi va Xalayli yana bir gol urib, hisobni qisqartirdi. Yakuniy daqiqalarda mezbonlar ikki marta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq ikkisida ham VAR aralashdi.

Avval MakAllisterning ofsaydi qayd etildi, keyin esa Akinpelu tomonidan urilgan gol bekor qilindi. "Marsel" g‘alabani saqlab qoldi va guruhda yuqori o‘rnini mustahkamladi.

Yunion — Marsel 2:3

Gollar: Halaili 5, 71 – Payshao 15, Grinvud 41, 58

Yunion – Sxerpen, Makallister, Berdjess, Leysen, Halaili, van de Perre (Rasmussen, 82), Nyang, Zorgan, Sxofs (Boufal, 63), Raul (Devid, 63), Rodriges

Marsel – Ruli, Vea (Balerdi, 46), Murillo, Agerd, Emerson, Vermeren, Heyberg, O’Rayli, Grinvud (Vash, 88), Obemayang (Kondogbia, 88), Payshao.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Monako" va "Marsel"ning muhim g‘alabalari